Ronaldu Tramp ziyofatida barchaning e’tiborida bo‘ldi

1 daqiqa o'qish376
Ronaldu Tramp ziyofatida barchaning e’tiborida bo‘ldi

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “Al-Nasr” klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu AQSH poytaxtida o‘tgan nufuzli kechki qabulda qatnashib, yana bir bor jamoatchilik diqqat markazida bo‘ldi. “The Telegraph”ning yozishicha, shohona ravishda uyushtirilgan ushbu ziyofat Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQSHga amaliy tashrifi munosabati bilan Oq uyda tashkil etilgan.

Marosimning asosiy mehmoni shahzoda bo‘lgan bo‘lsa, qabul tomonidan AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya ishtirok etdi. Yig‘ilishda yuqori lavozimdagi bir qator rasmiylar — Davlat kotibi Marko Rubio, Moliya vaziri Skott Bessant va Mudofaa vaziri Pit Hegset ham qatnashgan.

Ziyofat mehmonlari orasida futbol olamining eng yorqin yuzlaridan biri — Krishtianu Ronaldu, FIFA rahbari Janni Infantino, Amazon asoschisi Jeff Bezos, shuningdek, amerikalik milliarder Ilon Mask ham bo‘lgani tadbirga yanada obro‘ qo‘shdi.

Kechki ovqat davomida Tramp shuxratli hujumchining Oq uyga kelgani farzandi uchun ham katta voqea bo‘lganini yashirmagan.

“O‘g‘lim Ronalduning jonkuyar muxlisi. Berron uni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Aniq aytaman, endi u otasini biroz boshqacharoq hurmat qiladi — ularni tanishtirib qo‘yganim o‘ziyoq yetarli”, deya shuxratlangan AQSH Prezidenti.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?