date

Sindarov g‘alabasi bilan Jahon kubogi yarim finali belgilandi

Sindarov g‘alabasi bilan Jahon kubogi yarim finali belgilandi

Jahon kubogi doirasidagi navbatdagi muhim o‘yin — Javohir Sindarov va Xose Martines o‘rtasidagi tezkor shaxmat bahsi o‘z yakuniga yetdi. Yuqori tempda kechgan 10 daqiqalik duelning dastlabki o‘yinida tomonlar bir-birini chetlatishga uringan bo‘lsa-da, pozitsion muvozanat saqlanib qoldi va natija durang bilan yakunlandi.

Biroq ikkinchi o‘yin butunlay boshqacha manzarani taqdim etdi. Javohir Sindarov boshidanoq vaziyatni o‘zi tomonga burishga muvaffaq bo‘ldi. U raqibining strategiyasidagi bo‘shliqlarni aniq his qildi va bosimni bosqichma-bosqich kuchaytira bordi. Oxir-oqibat hal qiluvchi xatoni Xosening o‘zi yo‘l qo‘ydi — keyingi harakatlarda pozitsiyani tiklash imkoni qolmadi va o‘zbekistonlik grossmeyster ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija bilan 2025 yilgi Jahon kubogining yarim final juftliklari ham rasman aniq bo‘ldi. Xitoyning mahoratli shaxmatchisi Vey Yi rossiyalik Andrey Esipenko bilan to‘qnash keladi. Javohir Sindarov esa hamyurti, so‘nggi yillarda jadal o‘sishini namoyon qilayotgan Nodirbek Yakubboyevga qarshi saf tortadi.

Mazkur yarim final bahslari 21-noyabr, juma kuni start oladi. Shaxmat olami ikki o‘zbek mahoratli shaxmatchisi o‘rtasidagi to‘qnashuvni intizorlik bilan kutayapti — bu nafaqat ularning shaxsiy yo‘li, balki O‘zbekiston shaxmat maktabi nufuzi uchun ham o‘ta muhim sinov bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sindarov g‘alabasi bilan Jahon kubogi yarim finali belgilandi