Hibsxonalarda sayr vaqti va xarajat limiti oshiriladi

1 daqiqa o'qish129
Hibsxonalarda sayr vaqti va xarajat limiti oshiriladi

O‘zbekistonda hibsda saqlanayotgan shaxslar huquqlarini kengaytirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilishi kutilayapti. 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.

Loyiha tergov hibsxonalaridagi sharoitni yaxshilash, amaldagi qoidalarni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish va insonparvar yondashuvni kuchaytirishni maqsad qiladi.

Yangiliklarning eng muhim qismi — ochiq havoda bo‘lish vaqti va moliyaviy xarajat limiti oshirilashi. Mavjud tartibga ko‘ra, mahkumlar kunlik sayr uchun kamida bir soat ajrata olardi. Yangi normalar qabul qilinsa, dam olish va bayram kunlarida ularga kamida ikki soat sayr qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish imkoni beriladi.

Moliyaviy cheklovlar ham qayta ko‘rib chiqiladi. Hozirda mahkumlar o‘z ehtiyojlari uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi — 635 500 so‘mgacha mablag‘ sarflashi mumkin. Qonun kuchga kirsa, limit 100 foizga, ya’ni 1 271 000 so‘mgacha ko‘tariladi.

Hujjat tergov izolatorlaridagi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator qo‘shimcha normalarni ham o‘z ichiga oladi. Ombudsman fikricha, bu o‘zgarishlar insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlab, milliy qonunlarni xalqaro tajribalarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?