KXDRda boyib ketgan tadbirkor juftligi ochiqcha qatl etildi

1 daqiqa o'qish15K
KXDRda boyib ketgan tadbirkor juftligi ochiqcha qatl etildi

Shimoliy Koreyada biznesi yugurdak rivojlanganidan keyin “haddan tashqari kibrlandi” deb hisoblangan ikki tadbirkor qatl etildi. Bu haqda xorijiy nashrlar ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pxenyandagi jamoat oldida o‘tkazilgan qatlni yuzlab odamlar — hatto bolalar ham — majburiy tarzda tomosha qilgan. Yoshi taxminan 50 atrofida bo‘lgan tadbirkorlar elektrovelosiped, akkumulatorli mototsikl va oddiy velosipedlar savdosi, ta’miri va ijarasi bilan shug‘ullangan. Ular rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, katta daromad topgani uchun mahallada “qo‘l tepgan rahbarlar” sifatida tanilgan.

Mahalliy aholi ularni yuqori narx, past sifat va kibrli muomalada ayblagan. Shu sababdan tadbirkorlar «reaksion g‘oya va madaniyatni qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonun»ni buzgan, chet el valyutasini noqonuniy aylantirgan va tashqi tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan, degan ayblovlar qo‘yilgan.

Ular avgustda qo‘lga olingan, tezkor so‘roqlar o‘tkazilgan va sentyabrda o‘lim jazosiga hukm qilingan. Yaqinlari va sheriklaridan 20 ga yaqini mehnat lagerlariga yoki surgunga yuborilgan.

Manbalarga ko‘ra, qatl ochiq maydonda amalga oshirilgan va aholi uchun “saboq” sifatida tashkil etilgan. Hatto o‘quvchilar darsdan ozod qilinib, qatlni ko‘rishga majburlangan.

Shunisi qiziqki, hukm Kim Chen Inning Xitoydan qaytishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Kuzatuvchilar buni “tashqi aloqalar o‘rnatilsa ham, ichki intizomdan og‘ish mumkin emas” degan dag‘al ogohlantirish sifatida baholamoqda.

Voqeadan so‘ng bozorda savdo faolligi keskin pasaygan, tadbirkorlarga tegishli korxonalar yopilgan, akkumulator va ehtiyot qismlar narxi esa ko‘tarilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?