
Ma’lumki, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda, to‘lov intizomi esa sezilarli darajada yaxshilangan. Biroq, “guruch kurmaksiz bo‘lmaydi” deganlaridek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma talablariga amal qilmay, iste’mol qilgan energiyasi uchun to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamaydigan iste’molchilar ham uchrab turadi.
Shu munosabat bilan, Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi ish yurituvidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli transformator qarzdorlik evaziga xatlandi.
Kelgusida mazkur mulk belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilib, sotuvdan tushgan mablag‘ hisobidan mavjud qarzdorliklarni qoplash ta’minlanadi.
Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash va qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlarini izchil davom ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.