17:07 / 27.07.2020
2 925

Ikki hududda yangi kasallarishlar aniqlandi

Ikki hududda yangi kasallarishlar aniqlandi
2020 yil 27 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 952 (+132) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida, 48 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar, Toshkent shahrida 18 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 15 nafar, jami 140 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 11 245 (+140) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 588 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki hududda yangi kasallarishlar aniqlandi