Otasi qizini O‘zbekistonga olib ketib, g‘oyib bo‘ldi

Rossiyada otasi uch yoshli qizini onasining roziligisiz O‘zbekistonga olib chiqdi va keyin aloqadan yo‘qoldi, deb xabar berdi Nova24.uz.
Qizchaning onasi — Rossiya fuqarosi — sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan farzandi roziligisiz olib ketilgach, huquq-tartibot organlariga murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, otaning bolani olib chiqishga ruxsatnomasi 2024-yil oktabrgacha amal qilgan. Safardan so‘ng u aloqani uzgan.
Tekshiruv davomida qizcha Samarqandda buvisi qaramog‘ida ekani, otasi esa Sankt-Peterburgga ishlash uchun ketgani aniqlangan.
O‘zbekiston va Rossiyaning bola huquqlari bo‘yicha vakillari aralashuvidan so‘ng, buvisi bolani onasiga qaytardi. Hozirda qizcha onasi bilan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qizchaning onasi — Rossiya fuqarosi — sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan farzandi roziligisiz olib ketilgach, huquq-tartibot organlariga murojaat qildi.

Izohlar 0
…