
Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasining qarorlariga asosan qarzdor fermer xo‘jaligidan jami 21,5 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Xovos tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli, “Arion-630s” rusumli qishloq xo‘jaligi texnikasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Natijada, qarzdor tomonidan 21,5 mln. so‘m soliq qarzi hamda qarzdorlik sabab yuzaga kelgan 879 ming so‘m ijro yig‘imi mablag‘i to‘liq to‘lab berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar