Sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi shubhasiz. Chunki, turli sharoitda va belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tashiladigan dori vositalari shifo o‘rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. Afsuski, ayrim kimsalarni yurtdoshlarimizning salomatligidan ko‘ra, mo‘may daromad ko‘proq qiziqtiradi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro G.A. boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinaning kabina qismida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 22,5 million so‘mlik, 16 quti “Altevir”, 10 quti “Diferelin” va boshqa turdagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Yana bir holatda “S.Najimov” chegara bojxona postida fuqaro Sh.Sh. boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida, avtomashina kabinasining tom qismida umumiy qiymati 107,6 million so‘mlik, 36 dona quti “Kleksan 4000”, 400 dona qutida “Lianhua Qingwen Jiaonang” va 10 dona qutida “Arximaks 1000mg” nomli dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Issiq ob-havo sharoitida saqlash va tashish qoidalariga rioya qilmagan holda yurtimizga olib kirishga urinilayotgan bu kabi dorilarning sifatiga kim kafolat bera oladi?
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi