Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning to‘yida Ozodbek Nazarbekov sahnani “portlatdi” (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning kecha bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan lavhalar keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortmoqda.
Tarqalgan video va suratlarda kelin-kuyovning baxtiyor onlar, tantanali marosimning fayzli muhitda o‘tgani hamda mehmonlarning yuqori kayfiyati aks etgan. Ayniqsa, yosh juftlikning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabati ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.
To‘yda ko‘plab taniqli aktyor va aktrisalar ishtirok etib, bayramona kechaga yanada shukuh bag‘ishladi. Biroq kechaning eng e’tiborli lahzalaridan biri — Ozodbek Nazarbekovning shaxsan tashrif buyurgani bo‘ldi. Madaniyat vaziri yoshlarni tabriklab, mehmonlar uchun mashhur “Mendirman” qo‘shig‘ini ijro etdi.
Qo‘shiq jarayonida mehmonlar ham jo‘r bo‘lib kuylab, to‘y yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi. Ushbu lahzalar esa ijtimoiy tarmoqlarda alohida e’tibor qozonmoqda.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar ushbu marosimni yilning eng chiroyli va fayzli to‘ylaridan biri sifatida baholab, yosh juftlikka samimiy tilaklar bildirmoqda.