Adam Wharton yozda Kristal Pelasni tark etishi mumkin

1 daqiqa o'qish412
Adam Wharton yozda Kristal Pelasni tark etishi mumkin

Kristal Pelas yarim himoyachisi Adam Wharton yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda. Futbolchiga Manchester Yunayted va Liverpul kabi grand klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Garchi 22 yoshli futbolchining shartnomasi 2029-yilga qadar moʻljallangan boʻlsa-da, klub uni yuqori narx evaziga qoʻyib yuborishga tayyor boʻlishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klinton Morrisonning fikricha, Konferensiyalar ligasidagi gʻalaba ham Whartonni Londonda ushlab qolish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin. Futbolchi oʻz rivojlanishi va Angliya terma jamoasidagi oʻrnini mustahkamlash uchun Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga oʻtishni maqsad qilgan boʻlishi ehtimoli yuqori.

Kristal Pelas rahbariyati futbolchi uchun 60-70 million funt sterling atrofida mablagʻ talab qilishi kutilmoqda. 2024-yilda atigi 18 million funtga xarid qilingan yarim himoyachi uchun bu juda foydali bitim boʻlishi mumkin. Shunga qaramay, klub raisi agar munosib taklif kelib tushmasa, futbolchini sotishga shoshilmaydi.

Adam Wharton oʻtgan vaqt mobaynida Angliya Premer-ligasining yetakchi oʻyinchilaridan biriga aylandi va terma jamoa safida toʻrt marta maydonga tushdi. Uning kelajagi yozgi transfer bozoridagi eng qiziqarli voqealardan biri boʻlishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?