18:15 / 08.11.2020
2 514

Sherzodxon Qudratxo‘jayev bozorlardagi pullik avtoturargohlarni tanqid qildi

Xalqaro press-klub raisi hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev korrupsiya masalalariga oid katta tadbirlarni yilda to‘rt marta o‘tkazish taklifini bildirdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov.

Bosh prokuraturada 7 noyabr kuni o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilishda qatnashgan Qudratxo‘jayev korrupsiyaga qarshi kurashda parlament va senat vakillari kuchli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.



Foto: «Daryo»
Sherzodxon Qudratxo‘jayev bozorlardagi pullik avtoturargohlarni tanqid qildi
«Bosh prokuraturaga ilgari ko‘p kelganmiz, bu kabi yig‘ilishlar boshqacha o‘tardi, uch soatlik monologlar o‘qilardi. Bugungi tadbir esa tahliliy-tanqidiy ruhda bo‘ldi. Jurnalistlarning ham ishtirok etayotgani, albatta, quvonarli holat.

Shu o‘rinda aytish kerakki, qachonki parlament va senatning quyi pog‘onasi kuchli bo‘lsa, deputatlar ijro hokimiyatni jilovlasa, korrupsion holatlar shuncha kamayadi. Bundan tashqari, yiliga to‘rt marta bugungidek chuqur tahliliy katta tadbir o‘tkazilishini taklif qilardim. Xalqaro press-klub esa maydon berishga rozi
», — dedi Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

Uning ta’kidlashicha, bozorlardagi pullik avtoturargohlarga kirib-chiqish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarur.

«Bugungi yig‘ilishda bozorlar haqida juda to‘g‘ri fikrlar aytildi. Men bir narsaga hayron qolaman: Makro, Korzinka singari ko‘p qavatli savdo do‘konlariga borsangiz, avtoturargohlar bepul ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Vaholanki, ularning qurilishi uchun katta miqdorda mablag‘ sarflanadi. Ammo kichkinagina bozorga kirsangiz, qora ‘budka’ga ikkitasi o‘tirib oladi, yuzi ham ko‘rinmaydi. Faqat qo‘li chiqadi va pulingizni oladi. Na chek beradi yoki bergan cheki ham soxta bo‘lib chiqadi. Qarang, korrupsiya o‘zi shu ko‘rinishda bozorlardan boshlanadi.

Katta-katta savdo do‘konlariga tekinga kiramiz. Bozorlarga ko‘p aholi kiradi, kamida 300-400 ming so‘mlik narsa xarid qiladi. Lekin nima uchun bozorlarda mashinangizni qo‘yganingiz uchun haq olishadi? Bozorlarga kirish-chiqish tartibini joyiga keltirishimiz kerak
», — dedi Qudratxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzodxon Qudratxo‘jayev bozorlardagi pullik avtoturargohlarni tanqid qildi