Andijonda 64 yoshli erkak profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirdi

1 daqiqa o'qish435
Andijonda 64 yoshli erkak profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirdi
1-iyul kuni soat 21:00 atrofida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” mahallasida fojeali hodisa yuz berdi, deb UPL.uz xabar berdi.

Qisqa raqamli “102” telefoniga kelib tushgan chaqiruvdan so‘ng profilaktika inspektori, katta leytenant A. Abduvaliyev voqea joyiga yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, 1960 yilda tug‘ilgan Xolbozorov Yunusali Tumarovich mast holatda bo‘lib, oila a’zolariga oshxona pichog‘i bilan tahdid qilgan.

Inspektor mojaro tinch yo‘l bilan hal qilishga urinadi, biroq Xolbozorov uning ko‘krak qismidan pichoq bilan jarohat yetkazgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, A. Abduvaliyev shifoxonaga yo‘lda vafot etgan.

Gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi. Jinoyatchi qidiruvda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?