date

Farzandingiz kelajagi - sizning mas’uliyatingiz

Farzandingiz kelajagi - sizning mas’uliyatingiz
Mehnatobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashayotgan Farxodjondan 44 600 000 so‘m miqdoridagi aliment qarzi to‘liq undirildi. Ushbu natija Majburiy ijro byurosining tinimsiz harakatlari va qat’iyatliligining samarasidir.

Farxodjonni ko‘p marta ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor o‘z farzandlarining ta’minoti uchun belgilangan aliment pullarini to‘lab bermagan. Bu esa bolalarning hayoti va ta’limiga jiddiy tahdid solgan. Mas’uliyatsiz otaning harakatlari natijasida uning farzandlari moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ularning kelajagi xavf ostida qolgan edi.

Majburiy ijro byurosi xodimlarining qat’iyati va professional faoliyati tufayli vaziyat o‘zgardi. Qarzdor bilan olib borilgan murakkab muzokaralar, qonun doirasidagi barcha chora-tadbirlar natijasida nihoyat, 44 600 000 so‘m miqdoridagi aliment qarzi to‘liq undirildi. Bu pullar bolalarning ta’minoti, ta’limi va kelajagi uchun yo‘naltiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandingiz kelajagi - sizning mas’uliyatingiz