
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun Oliy sud tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M.S. fuqaro O.O.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizachining talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Oliy sud keng jamoatchilik e’tiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Oliy sud fuqarolarni sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar