Qarshi shahrining Navo mahallasida 7ta 16 qavatli uy qurilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur turar joylarni ko‘zdan kechirdi.
Bu hududda jami 39ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, besh bosqichda amalga oshiriladi.
«Ayni paytda, birinchi bosqichda 3ta turar joy qurib bitkazilgan. Bunyodkorlikda seysmologiya va arxitektura talablariga alohida e’tibor qaratilgan. Sifatli, energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Xonadonlarning har biriga alohida suv isitish moslamalari o‘rnatilgan.
Davlatimiz rahbari uylarning qurilish texnologiyasi va sifatiga e’tibor qaratdi. Yong‘in xavfsizligini, kommunal xizmatlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Hudud obodonlashtirilgan, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yana 4ta ko‘p qavatli uyni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.
Shuningdek, 1680 o‘rinli maktab, 2ta maktabgacha ta’lim muassasasi, poliklinika, supermarket, sport maydonlari, istirohat bog‘i va boshqa ob’ektlar barpo etiladi.
Bu yerda avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, Qarshi shahrida isitish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti o‘tkazildi.
Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi