21:23 / 05.02.2021
1 899

Uchtepada ajrimdagi oila tiklandi

Uchtepada ajrimdagi oila tiklandi
Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2019 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.Po‘latovdan undiruvchi D.Po‘latova foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor ota aliment pullarini voyaga yetmagan farzandlari uchun o‘z vaqtida to‘lab kelgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi X.To‘lqunovning profilaktika va huquqiy tushuntiruvlari natijasida tomonlar farazndlari kelajagiga befarq bo‘lmay oilani qayta tiklashdi. Toshkentda yana bir oila tiklanib ikki nafar farzandlar ota-ona bag‘rida ulg‘ayishmoqda.

Mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatining ish yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepada ajrimdagi oila tiklandi