Foto: Toshkent viloyati IIB
Toshkent viloyatida 100 ming so‘mlik kupyuralarni tayyorlab, ularni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 10 fevral kuni Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda Toshkent tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida qiymati 55 millionga yaqin qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Tafsilotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan F.R. tanishlari 1997 yilda tug‘ilgan J.T. va A.A. bilan birgalikda noqonuniy ravishda qalbaki pullarni yasab, ularni muomalaga kirgizish maqsadida tayyorlaganida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Foto: Toshkent viloyati IIB
Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 58 dona kesilgan, 490 dona qog‘ozda tayyorlanib, kesilmagan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar, rangli printer, 2 quti maxsus qog‘ozlar, pichoq va boshqa buyumlar daliliy ashyolar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Toshkent tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi (ko‘p miqdorda qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

— Shukhrat (@bankir2102) February 24, 2021“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Chirchiq shahrida qarzdor korxonadan 1 mlrd. so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi

Endi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda rasmiylashtirilishi mumkin

Toshkent-Nurafshon yo‘lida “Damas” yonib ketdi (video)

«Toshkent city»da 90 metr balandlikdan turib kran boshqarayotgan qizni bilasizmi ? (video)

Toshkent shahar hokimining jahli chiqdi! (video)

Toshkent hokimiyati koʻp qavatli uylardan xonadonlar sotib olishni taklif qildi (video)