11:11 / 25.02.2021
1 690

«Ular koronavirusdan ham yomonroq» — Sherzod Kudbiyev «naqdlashtiruvchilar» haqida

«Ular koronavirusdan ham yomonroq» — Sherzod Kudbiyev «naqdlashtiruvchilar» haqida
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 24 fevral kuni budjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirish va QQS summalarini noqonuniy hisobga olish muammosiga duch kelgan 50 ga yaqin tadbirkorlar guruhi bilan uchrashdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib, «Xabar.uz» xabar berdi.

DSQ rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatda «yashirin iqtisodiyot»ga qarshi kurash boshlangan, xususan, «shubhali» korxonalar faoliyati faollashtirilgan. Uning aytishicha, bu borada ortga yo‘l yo‘q.

Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, 1 fevral holatida QQS bo‘yicha hisobga olingan summa 9,2 trillion so‘mga yetgan, biroq bu davlatga shuncha mablag‘ to‘langanini anglatmaydi.

«9,2 trillion so‘m yolg‘on yo‘li bilan to‘lanmagani natijasida… Mayli, bu qandaydir qismi bo‘lishi mumkin — 1 trillion so‘m, 2 trillion so‘m yoki boshqa mablag‘. Hozirda buni yaxshilab o‘rganamiz», — deydi Sherzod Kudbiyev.

Uning ta’kidlashicha, 24 fevral kuni soliq qo‘mitasi 396 ta «shubhali» kompaniyalar ro‘yxatiga yana 129 ta korxonani qo‘shgan. DSQ rahbarining ogohlantirishicha, shu sababli hisobga olingan QQSlarning bekor qilinishi bo‘yicha yangi to‘lqin sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, «bir kunlik firmalar» umri sezilarli darajada qisqargan — endlikda ular 300-400 million so‘mlik «fiktiv» bitimlarni amalga oshirganidan so‘ng, yopilmoqda. Ayrim firmalar «davlatdan emas, balki zanjirdagi har bir tadbirkordan o‘g‘irlab» 300 milliard so‘mlik hisob-fakturalarni rasmiylashtirmoqda.

«Biz mana shuncha qaytaramiz. Kecha bitta firma 300 milliard so‘mlik hisob-fakturani rasmiylashtirdi. Kimni aldayapmiz? Endi men ushbu firma bo‘yicha kameral tekshiruv o‘tkazishim kerakmi? O‘zbekistonda nimaning narxi shuncha bo‘lishi mumkin? Bu 30 million dollar-ku. Suv ombori? Samolyot? Bilmayman. Uch kun oldin paydo bo‘lgan firma bu kabi bitimlarni amalga oshira olmaydi. Kelinglar, bir-birimizni aldamaylik», — deydi DSQ raisi.

Sherzod Kudbiyev 3,1 foiz holatda (103 ta kompaniya) «fiktiv» bitimlar fakti tasdiqlanmaganini tan olgan, 95 foizdan ortiq holatda esa u o‘z tasdig‘ini topgan. Uning ma’lum qilishicha, qo‘mita korxonalarning mablag‘larini tezroq qaytarish ustida ishlamoqda.

«Naqdlashtiruvchilar — xususiy tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. Ular davlat va jamiyatni aldamoqda. Ular mana shu 5 foiz ortidan boyib qoladi deb o‘ylaysizmi. Kechirasiz, ular koronavirusdan ham xavfli. Zanjirda bitta naqdlashtiruvchi aniqlansa, bu barchaga ta’sir ko‘rsatadi», — deydi u.

Bu kabi noqonuniy harakatlar amalga oshirilgani bo‘yicha yig‘ilgan barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Uchrashuv ishtirokchilaridan biri DSQdan yordam berishni va moliyaviy amnistiya taqdim etishlarini so‘ragan. Sherzod Kudbiyevning ma’lum qilishicha, QQSni noqonuniy hisobga olish natijasida soliq qarzdorligi yuzaga kelgan tadbirkorlarga Soliq kodeksidagi normalarga mos ravishda bo‘lib to‘lash huquqi taqdim etilgan. Bundan tashqari, 20 foizli jarima saksiyasi qo‘llanilmaydi. Tadbirkorlar barcha zarur hujjatlarni taqdim etib, hisoblarini 1 aprelga qadar tartibga keltirsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Bugungi kunga qadar DSQ 10 mingga yaqin korxona «shubhali» soliq to‘lovchilar bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachyot)ga olgan holda budjetga to‘lamaganini aniqlagan.

Avvalroq O‘zbekistonda «naqdlashtiruvchi korxonalar» bilan kurashish boshlanib, 396 ta korxonadan iborat shubhali kontragentlar reyestri tuzilgani haqida xabar berilgan edi. Bunday kontragentlar orasida 120 ta davlat korxonasi (47,3 milliard so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 milliard so‘m) korxona aniqlangan.

«Naqdlashtiruvchi-firmalar» («bir kunlik firmalar») tovar sotmaydi yoki xizmat ko‘rsatmaydi, balki pul mablag‘larini naqdlashtiradi va fiktiv hujjatlarni rasmiylashtiradi. Masalan, 100 million so‘mli bitta hisob-faktura orqali «naqdlashtiruvchi firma» noqonuniy ravishda 15 million so‘m ishlab topadi, bu vaqtda esa boshqa vijdonli tadbirkor buncha mablag‘ni topish uchun bir oydan ortiq mehnat qilishga majbur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ular koronavirusdan ham yomonroq» — Sherzod Kudbiyev «naqdlashtiruvchilar» haqida