12:33 / 30.05.2021
1 136

Koronavirus: So‘nggi bir kunda 300ga yaqin yangi holat aniqlanib, yana ikki bemor vafot etdi

Koronavirus: So‘nggi bir kunda 300ga yaqin yangi holat aniqlanib, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon rasman koronavirusga chalinish holatlari soni 100 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 29 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100124 (+280) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
  • Buxoro viloyatida 13 nafar,
  • Jizzax viloyatida 3 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 56 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 10 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95786 (+257) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 690 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: So‘nggi bir kunda 300ga yaqin yangi holat aniqlanib, yana ikki bemor vafot etdi