13:46 / 07.07.2021
780

Ko‘chmas mulkning asossiz ravishda buzilishida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar

Ko‘chmas mulkning asossiz ravishda buzilishida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar

So‘nggi 5 yil davomida mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq masalalarda 20 dan ortiq normativ huquqi hujjatlar qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 6 iyul kuni   AOKA anjumanlar zalida mulk huquqini himoya qilish borasida ohirgi 5 yilda amalga oshirilgan ishlar, yangi tartiblar va kutilayotgan natijalar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Sohadagi islohotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-5421-son Farmoni va Hukumatning 461-son qaroriga asosan 2019 yilning 1 mayiga qadar respublika miqyosida bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkazildi.

Umumdavlat aksiyasi davrida 2019 yilning 1 may holatiga respublika bo‘yicha 620 976 ta o‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulklarga nisbatan egalik huquqi e’tirof etildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasi tashkil etildi.

3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori qabul qilinib, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibi yanada takomillashtirildi.

Unga ko‘ra:
olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga ochiq muhokama o‘tkazish;
tomonlarning roziligi bilan kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati, shuningdek, boshqa shartlarni nazarda tutuvchi tashabbuskor
va mulkdor o‘rtasida tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shaklda shartnoma tuzilishi lozimligi;
kelishish va tegishli hujatlarni tayyorlashning aniq mexanizmi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina qabul qilinishi lozimligi kabi talablar belgilab qo‘yildi.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori qabul qilingandan keyin adliya organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkastkalarni olib qo‘yish bilan bog‘liq jami 60 ta qaror loyihasi kelib tushgan bo‘lib shundan, 41 tasiga ijobiy, 19 tasiga salbiy tusdagi xulosalar berilgan. 

4. 2020 yil 23 dekabrda “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra Yer kodeksi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga oid normalar bilan to‘ldirildi.

5. 2021 yil 14 yanvar “Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi (slayd 4-6).
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodekslariga yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yilganlik uchun javobgarlik masalasi og‘irlashtirildi.

Ta’kidlanishicha, mulkni buzish (SNOS) 2016-2020 yillarda bir qator muammolar bo‘lgan. Jumladan, 846 holatda ko‘chmas mulk ob’ektlari ularning mulkdorlarini xabardor etilmagan holda buzib tashlangan, 1 388 holatda mulkdorlarni habardor qilish muddati buzilgan, 1 244 holatda ko‘chmas mulk ob’ektlari baholanmagan holda buzib tashlangan, 430 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari tegishli kompensatsiya berilmagan holda buzib tashlangan.

Adliya organlariga mulk huquqi buzilishiga oid 2019 yilda 626 ta, 2020 yilda 88 ta, 2021 yilda 3 ta shikoyat kelib tushgan.
Matbuot anjumanida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligiga to‘xtalindi.

Mazkupr Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Yer uchastkasi olib qo‘yiladigan holatlarning qat’iy ro‘yxati;
Mulkdorlar bilan avvaldan muhokama va rozilik olish tartibi;
Uy-joyni bo‘shatib qo‘yish muddati (kompensatsiya to‘langandan keyin
 6 oygacha);
Noqulaylik uchun mulk qiymatining 5% to‘lov;
To‘lov kechiktirilganda indeksatsiya qilish;
Kompensatsiyaga turar-joy berishda ijtimoiy normani hisoblash;
mulkni erkin tasarruf etishiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatga yo‘l qo‘yilmaslik.

Bu sohada adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligi tomonidan har yili “Inson huquqlari – oliy qadriyat” aksiyasi doirasida inson huquqlarini ta’minlashning turli yo‘nalishlarida tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan doimiy ravishda mulk huquqlari kafolatlari ta’minlanishi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan 3 908 ta holatda fuqarolarning uchastkalarini olib qo‘yishda qonun hujjatlariga rioya etilmagan (slayd – 1).

Yer uchastkalarining olib qo‘yish munosabati bilan, mulkdorlarga 486 mlrd. 512 mln. so‘m kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilgan, 273,8 gektar  yer uchastkalari ajratilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi va Hukumatga tegishli takliflar kiritib borilmoqda.
  
Adliya vaziligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘chmas mulkning asossiz ravishda buzilishida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar