Ogohlantirish samara berdi: jinoiy jarima to‘liq to‘landi

Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining 2026 yil 16 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.T.dan davlat foydasiga 56 250 000 so‘m miqdorida jinoiy jarima undirish bo‘yicha 2026 yil 13 mart kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga jinoiy jarimani belgilangan muddatda ixtiyoriy to‘lash zarurligi hamda uni to‘lamaslik qonunchilikka ko‘ra yana-da og‘ir oqibatlarga olib kelishi, jumladan, jazo ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkinligi atroflicha tushuntirildi.
Berilgan huquqiy tushuntirishlar va ogohlantirishlardan so‘ng qarzdor vaziyatni to‘g‘ri baholab, tegishli xulosa chiqargan holda 2026 yil 24 mart kuni 56.2 mln. so‘m miqdoridagi jinoiy jarimani ixtiyoriy ravishda to‘liq to‘ladi.
Shunga asosan, mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga muvofiq amalda tamomlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!