date

Qarzdor majburiyatini bajarmadi, “Captiva” avtomashinasi sotuvga qo‘yildi

Qarzdor majburiyatini bajarmadi, “Captiva” avtomashinasi sotuvga qo‘yildi

2025 yilning iyun oyida FIB Shayxontohur tumanlararo sud qarori bilan qarzdor YATT “U.M.G‘.”dan ATB undiruvchi bank foydasiga 305 797,1 ming so‘m qarz undirilishi va uning garovdagi “Captiva” rusumli avtomashinasiga qaratilishi belgilangan edi.

Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochilari bir necha marta qarzdor bilan uchrashib, qonuniy tushuntirishlar berdi: agar belgilangan muddatda qarz to‘lanmasa, ijro choralari qo‘llanilishi, avtomashina auksionga chiqarilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Ammo qarzdor har safar qonuniy talablarni inkor qilib, o‘z majburiyatini bajarishdan bosh tortdi.

Shu sababli, 2026 yil mart oyida avtomashina qonuniy tartibda xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi va hozirda onlayn auksion savdolariga chiqarilgan. Savdodan tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor majburiyatini bajarmadi, “Captiva” avtomashinasi sotuvga qo‘yildi