date

Bahodir Jalolov va qizi Raniyani yaqinlari tantanali kutib olishdi (video)

Bahodir Jalolov va qizi Raniyani yaqinlari tantanali kutib olishdi (video)

O‘zbekistonlik professional, chempion bokschi Bahodir Jalolov ota bo‘lganini ma’lum qildi. U qizaloq farzandini bugun xonadoniga olib kelgani aks etgan videoni o‘z sahifasiga joyladi.

Chempion post ostida quyidagi samimiy so‘zlarni yozib qoldirdi:

“Birgina tuyg‘u bor — u seni butunlay boshqa odamga aylantiradi. Bugun men o‘sha tuyg‘uni his qildim — otalik.”

Mittigina jajji mehmonga ota-onasi Raniya deb ism qo‘yishdi. Ushbu quvonchli lahzada bokschining barcha yaqinlari ishtirok etdi.

Kichkina mehmonni tantanali kutib olish jarayonida xonandalar Oybek va Nigora “Qizim” nomli qo‘shiqlarini ijro etishdi. Ushbu lavhalar ham ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.

Xonanda Nigora post ostida: “Chempionimizga jajji farishta malika muborak bo‘lsin”, — deya yozib qoldirdi.

Kuzatuvchilar esa bokschini tabriklab, iliq va samimiy tilaklar bildirishmoqda. Ular mitti qizaloqqa uzoq umr, mustahkam sog‘liq va baxt tilab, uning kelajakda soliha, bilimli va hatto otasidek chempion bo‘lishini ham tilashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bahodir Jalolov va qizi Raniyani yaqinlari tantanali kutib olishdi (video)