date

Toshkent shahrida qarzdor qarzini qoplamaganligi sababli qimmatbaho mashinasi xatlandi

Toshkent shahrida qarzdor qarzini qoplamaganligi sababli qimmatbaho mashinasi xatlandi

Toshkent shahar Olmazor tuman Majburiy ijro byurosi sud va boshqa organlar qarorlariga asosan, davlat foydasi uchun qarzdor "S.-M" MCHJdan umumiy 6,24 mlrd so‘m davlat boji va soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro hujjati olgan.

Ijro harakatlari olib borilayotgani davrida qarzdor qarzini qoplamaganligi sababli, majburiy ijro choralari amalga oshirildi. Qarzdorga tegishli barcha mol-mulklarga taqiq o‘rnatildi va qidiruv e’lon qilindi.

Shu jarayonda qarzdorning "LI XIANG L9" rusumli qimmatbaho avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga olib kelindi.

Hozirda mazkur transport vositasi baholanib, auksion orqali qarzdorlik qoplamasidan sotish choralari ko‘rilmoqda.

Qarzdor qarzini to‘liq qoplasa, avtotransport vositasi mulk egasiga qaytariladi. Bu esa, ijro hujjatlari orqali davlat soliq va boji qarzini undirish mexanizmining ochiq va adolatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida qarzdor qarzini qoplamaganligi sababli qimmatbaho mashinasi xatlandi