Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

28 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 8 ta avtomobil ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Soat 11:10 atrofida “Eshonguzar” MFY, Chinni bozor oldida 2 ta Spark, 3 ta Cobalt, 1 ta BYD, 1 ta Matiz va 1 ta Lacetti to'qnashdi. YTH natijasida Cobalt avtomobilining bir yo'lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi. Hodisa yuzasidan tergov va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Kеча, 28 mart kuni Toshkent shahrida 8 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 11:10 atrofida Chilonzor tumani “Eshonguzar” MFY, Chinni bozor oldida 2 ta Spark, 3 ta Cobalt, 1 ta BYD, 1 ta Matiz va 1 ta Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashdi. YTH natijasida Cobalt avtomobilining bir yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tergov va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shahar aholisi va haydovchilar ehtiyotkorlikni oshirib, yo‘llarda hodisalardan saqlanishi kerak.






























Izohlar 0
…