14:14 / 20.10.2021
1 885

Toshkentda turar joy narxlari iyun oyidan buyon 5—7 foizga oshdi

Toshkentda turar joy narxlari iyun oyidan buyon 5—7 foizga oshdi
O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—sentabr oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi. Bu haqda «Etaji» ko‘chmas mulk agentligiga tayanib, Spot xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tuzilgan bitimlarning umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Spot
Viloyatlar kesimida qaralganda, 2021 yilda tuzilgan bitimlar Samarqandda — 32 foizga, Farg‘onada — 27 foizga, Namanganda — 36 foizga, Andijonda — 31 foizga, Buxoroda — 33 foizga, Navoiyda — 29 foizga va Qoraqalpog‘istonda — 27 foizga o‘zganini ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, 2020 yili, koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda, ko‘chmas mulk bozori turg‘unlashgan. Bugungi kunda ko‘chmas mulkni sotish sur’ati mo‘’tadil o‘sishni boshlagan va joriy yilning avgust—sentabr oylarida sotib olish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil epidemiologik vaziyatning bosqichma-bosqich yaxshilanishi va mavsumiy ta’tillarning tugashi bo‘lgan.

«Karantin cheklovlari davrida rejalashtirilgan xaridlar ortga surildi. Bu esa iste’molchilar talabining pasayishiga olib keldi, shuningdek, fuqarolarning o‘z hududidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan qiziqishining oshishiga olib keldi. Katta shaharlarda birlamchi uy -joy bozorida taklifning oshishi va uy-joy sharoitining yaxshilanishi tumanlar ichidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning shakllanishida muhim rol o‘ynadi», — deyiladi xabarda.

Toshkentda tuzilgan bitimlar soni 2 foizga kamaygan. Shunga qaramay, poytaxtning birlamchi bozorida ma’lum hududlarda narxlarning oshishi kuzatilmoqda. 2021 yilning uchinchi choragining dastlabki natijalari shuni ko‘rsatadiki, Toshkentda narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7 foizga oshgan.

Birlamchi bozordagi ko‘chmas mulkning bir kvadrat metri uchun o‘rtacha narx jadvali (2021 yil sentabr)

Toshkentning eng ko‘p qurilish ishlari olib borilayorgan tumanlar qatoridan Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Yashnobod, Uchtepa va Yunusobod tumanlari o‘rin olgan.

Bu tumanlar shahar markaziga yaqinroq va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgani bois yuqori narx takliflarini keltirib chiqaradi. Chilonzor, Bektemir, Sergeli, Uchtepa kabi olis tumanlarda uy-joy narxi o‘rtacha 30 foiz past.

Qayd etilishicha, ko‘chmas mulkning birlamchi bozorida narxlarning ko‘tarilishining yana bir sababi — Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining ochilish marosimidagi Toshkentda qurilishni cheklash haqidagi bayonoti ortidan yuz bergan.

«Poytaxtda uy-joy sotib olishda ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, karantin choralarini yumshatish, qurilish hajmini cheklash, Toshkentni yashil zonaga aylantirish, ipoteka kreditlash vositalarini takomillashtirish Toshkentda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning doimiy o‘sishiga va birlamchi uy-joy narxlarining o‘sishiga olib keladigan asosiy omillardan biridir», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda avgust oyida ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narx har kvadrat metrga 7,5 million so‘mni, birlamchi bozorda taklif qilinayotgan narxlar esa har kvadrat metrga 8,4 million so‘mni tashkil etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda turar joy narxlari iyun oyidan buyon 5—7 foizga oshdi