19:08 / 09.05.2024
439

Rossiyalik xakerlar Putin tabrigini Ukraina saytlariga joylashtirdi

Rossiyalik xakerlar Putin tabrigini Ukraina saytlariga joylashtirdi
Foto: Getty Images
Rossiyalik xakerlar Ukraina universitetlari, litseylari va boshqa ta’lim muassasalari veb-saytlarini buzib, u yerda 9 may — G‘alaba kuni bilan tabriklar, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rus va ukrain xalqlarining birodarligi haqidagi iqtibosini joylashtirgan. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

"Bugun rossiyalik xakerlar Ukraina ta’lim muassasalari veb-saytlarida o‘quvchilar va talabalarni umumiy bayramimiz - G‘alaba kuni bilan muvaffaqiyatli tabriklashdi", — deydi nashr suhbatdoshi.

SSSR xalqlarining umumiy tarixi va umumiy g‘alabasi haqidagi tabriklar va tushuntirishlar butun Ukraina bo‘ylab yuzdan ortiq veb-saytlarga, asosan ta’lim muassasalariga tarqalgan.

"Biz azaldan ukrain xalqini qardosh deb bilganmiz. Men hali ham shunday hisoblayman. Hozir sodir bo‘lyatgan fojia bizning siyosatimizning natijasi emas", — xakerlar manbalar faoliyatiga xalaqit bermaganliklarini aytib, asosiy sahifalarda Putinning bir oz qisqartirilgan iqtibosli foto kollajini joylashtirgan.

Xakerlar, shuningdek, Kiyev rejimi uchun o‘lishni istamagan Ukraina harbiy xizmatchilaridan “Volga” chaqiruv belgisi bilan 149.200 radiochastotasidan foydalanishga chaqirgan, bu orqali ular Rossiya armiyasi bilan bog‘lanishlari va qurolni topshirish hamda rus armiyasiga taslim bo‘lish bo‘yicha kelishib olishlari mumkin.

"Hurmatli ukrainaliklar, bizning bobolarimiz fashizmga qarshi yonma-yon kurashgan, bugun bizning umumiy g‘alabamiz kuni, sizlarni tabriklaymiz! 9 may G‘alaba bayrami muborak bo‘lsin", — deyiladi xakerlar qoldirgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik xakerlar Putin tabrigini Ukraina saytlariga joylashtirdi