
2024 yil bo‘lib o‘tadigan Parijdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarining yana bir ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.
Qit’alararo pley-off bosqichida Afrika qit’asi vakili Gvineya Osiyoning 4-jamoasi Indoneziyani mag‘lub etdi. Ya’ni Ilaiks Moribaning 29-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va Olimpiadaning oxirgi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Gvineya o‘z tarixida ikkinchi marotaba Olimpiadada qatnashadi. Afrikaliklar "A" guruhida Fransiya, AQSH va Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar