O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.
Yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan uchun jonini fido qilgan turli millatlarga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining qahramonligi va jasorati ramzidir.
Prezidentlar bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Marosim yakunida faxriy qorovul va orkestr tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.
Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Osiyo chempionati. Asilbek Jalilov Filippin vakilini taslim qildi va chempionga aylandi
AQSH Moliya vazirligi Kiyevga 20 mlrd dollar qarz haqida e’lon qildi
Osiyo chempionati. Javohir Ummataliyev qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi