13:09 / 08.05.2024
672

OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda

OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Foto: Getty Images
Markaziy Osiyo davlatlari, garchi harbiy to‘qnashuvlar bo‘lmasa-da, dronlar bilan qurollanishni boshladi, deya “Sosedi Sentralnaya Aziya” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Turkmaniston Turkiyaning Bayraktar dronlarini, Belarusning “Busel” dronlarini, Xitoyning raketa tipidagi turbofan dronlarini, Isroilning SkyStriker kamikadze-dronlarini sotib olgan.

Tojikiston nashrlarining yozishicha, Dushanbe Eronning “Ababil-2” dronlarini sotib olish uchun arizani 2022 yildayoq topshirgan. Keyin Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik doirasida yana bir nechta Puma tipidagi UAVlar olingan. Turk Bayraktar'larini sotib olish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Qirg‘iziston Turkiyaning “Akinji” va “Oqsungur” dronlarini sotib olgan. Bu haqda 2023 yil oktyabr oyida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining birinchi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, u Qirg‘iziston armiyasini zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan qayta jihozlash uchun 2,5 yil davomida 1,3 milliard dollarga teng mablag‘ sarflanganini ta’kidlagan. Bu dronlardan tashqari Qirg‘iziston Xitoy, Germaniya va BAAdan individual dronlar sotib olgan.

"O‘zbekiston armiyasida Turkiya va Xitoyning Bayraktar TB-2 va Wing Loong-I tezkor-taktik hujumchi dronlari allaqachon mavjud. 2023 yil noyabr oyida ular Rossiyaning “Orlan” razvedkasi bilan birgalikda O‘zbekiston OAVlarida rasman namoyish etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston o‘zining “Lochin” vertikal uchish va qo‘nish razvedkachi dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani ma’lum qilgan", — deb yozadi nashr.

Qozog‘iston 2021 yilda ham “Shagala” dronining sinov parvozlarini amalga oshirgan edi. Ular Qozog‘iston armiyasi safida xizmatga kirganmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

2022 yilda Qozog‘iston Turkiyaning Turkish Aerospace kompaniyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan, unga ko‘ra, yaqin kelajakda Qozog‘istonda Anka hujumchi UAVlarni yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari boshlanadi.

Qozog‘iston armiyasi arsenalida Xitoyning Wing Loong (GL-1), Rossiyaning Orlanov-10 va Isroilning Skylark-1LEX razvedka va hujumchi dronlari ham mavjud.

"Markaziy Osiyo davlatlari ichida hozircha faqat Qozog‘iston o‘zining “Korgan” va “Sunkar” kabi elektron urush tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda", — deya ta’kidlagan nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda