21:00 / 09.05.2024
1 092

Donetskdagi harbiy to‘qnashuvda Ukrainaning 215 nafar askari halok bo‘ldi

Donetskdagi harbiy to‘qnashuvda Ukrainaning 215 nafar askari halok bo‘ldi
Arxiv foto: “TASS”
Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida rus qo‘shinlarining faol hujumlari oqibatida 9 may kuni 215 nafar ukrain askari halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida Donetsk viloyatida Ukraina armiyasining to‘rtta brigadasiga talafotlar yetkazgan. Ularni egallab turgan pozitsiyalaridan surib chiqarishga erishilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya kuchlari Ukraina qo‘mondonlik va kuzatuv punkti va dala o‘q-dorilar omborini yo‘q qilganini xabar qilgan.

Rossiya kuchlarining tezkor-taktik samolyotlari, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi Ukraina armiyasining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining qo‘mondonlik-kuzatuv punkti, Ukrainaning Donetsk jangovar guruhi dala o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Dushmanning harbiy texnikasiga zarba berildi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi bayonotida.

Rossiya qo‘shinlari, shuningdek, Xarkov viloyatining Kupyansk yo‘nalishidagi Senkovka temiryo‘l stansiyasi yaqinida o‘zlarining front chizig‘idagi pozitsiyalarini mustahkamlagan. Ukraina armiyasining qarshi hujumi qaytarilgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donetskdagi harbiy to‘qnashuvda Ukrainaning 215 nafar askari halok bo‘ldi