date
views 123

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Lacetti ag‘darilib ketdi

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Lacetti ag‘darilib ketdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Joriy yilning 9 may kuni soat 19:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov - Taras Shevchenko ko‘chalari kesishgan chorrahada 2 ta avtomashina ishtirokida YTH qayd etildi.

Haydovchilar, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.I. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti va 1974 yilda tug‘ilgan O.N. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Lacetti ag‘darilib ketdi