19:35 / 09.05.2024
443

“Bavariya” futbolchisi “Real” darvozasiga urilgan gol paytida ofsaydda qolmagan

“Bavariya” futbolchisi “Real” darvozasiga urilgan gol paytida ofsaydda qolmagan
Foto: Videodan kadr
“Bavariya”ning marokashlik himoyachisi Nossair Mazraui Chempionlar Ligasi yarim finali so‘nggi daqiqalarida “Real”ga qarshi o‘yinda gol urishdan avval ofsaydda emas edi. Buni BeIn Sports ko‘ptilli sport kanallari tarmog‘i tomonidan yaratilgan ofsayd grafikasi tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin so‘nggida Joshua Kimmixning olisdan uzatmasidan so‘ng “Bavariya” himoyachisi Matteys de Ligt Madrid klubi darvozasiga zarba yo‘lladi. Biroq hakam Shimon Markinyak epizod tugashini kutmay, hushtak chalib, ofsayd qayd etdi. Shu tariqa, “Bavariya” jamoasining goli hisoblanmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” umumiy hisobda (3:4) mag‘lub bo‘lib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Turnir finalida Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 1 iyun kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” futbolchisi “Real” darvozasiga urilgan gol paytida ofsaydda qolmagan