14:32 / 07.05.2024
248

Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi

Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi
Foto: Getty Images
Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga aviazarbalar berdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagariga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Hagariga ko‘ra, 6 may kuni Rafah hududida HAMASga tegishli 50 dan ortiq obyekt nishonga olingan. U zarbalar Rafah sharqida harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda amalga oshirilganini aytdi. Aviazarbalar oldidan Isroil armiyasi Rafahning sharqiy qismidan tinch aholini evakuatsiya qilishga buyruq bergan.

Rafah G‘azo sektoridagi Isroil armiyasi amaliyot o‘tkazmagan so‘nggi yirik aholi punktidir. Isroil tomoniga ko‘ra, HAMAS harbiy qanotining yirik bo‘linmalari Rafahda joylashgan. Shaharda operatsiya o‘tkazilishiga JSST, BMT, arab davlatlari qarshilik ko‘rsatgan. AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Rafahdagi operatsiyani qo‘llab-quvvatlamasligini bir necha bor ta’kidlagan.

Isroillik ikki rasmiyga ko‘ra, mazkur kelishmovchilik fonida AQSH Isroil armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatgan. Bu Isroil hukumatida jiddiy xavotirga sabab bo‘lgan, Oq uy qurol yetkazib berish to‘xtaganiga munosabat bildirmagan.

HAMAS sulh taklifiga rozi bo‘ldi

6 may kuni HAMAS xalqaro hamjamiyatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini qabul qildi. HAMAS rahbari Ismoil Haniya Qatar bosh vaziri va Misr razvedka boshqarmasi boshlig‘i bilan telefon muloqoti chog‘ida tashkilotning o‘t ochishga roziligini bildirgan. Isroil G‘azo sektorida sulh tuzish bo‘yicha so‘nggi taklifga HAMASning munosabatini o‘rganishni boshladi.

HAMAS javob berganini tasdiqlay olaman, biz hozir uni o‘rganyapmiz va mintaqadagi hamkorlarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns hozir mintaqada va real vaqt rejimida bu masala ustida ishlamoqda”, — deydi AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi