10:29 / 10.05.2024
116

Bayden Amerika quroli sabab G‘azoda tinch aholi halok bo‘lganini tan oldi

Bayden Amerika quroli sabab G‘azoda tinch aholi halok bo‘lganini tan oldi
© AFP 2023 / YAHYA HASSOUNA
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilga yetkazib berilayotgan Amerika qurol-yarog‘i tufayli G‘azo sektoridagi tinch aholi halok bo‘lganini tan oldi.

G‘azodagi tinch aholi bu bombalar oqibatida halok bo‘lgan”, - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida o‘tgan hafta AQSH qurol yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygani haqida gapirayotib.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabrda Isroil G‘azo sektoridan misli ko‘rilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan so‘ng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata o‘t ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1,2 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida tinch aholi manzillariga hujumlarni o‘z ichiga olgan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Isroil anklavni to‘liq qamalga olganini e’lon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilg‘i, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish to‘xtatildi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 34 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 78 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Amerika quroli sabab G‘azoda tinch aholi halok bo‘lganini tan oldi