
Toshkent shahrida Naqsh hunarmandchilik maktabi o'z faoliyatini boshladi. Ushbu loyiha O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi hamda Britaniyaning Qirol jamg'armasi an'anaviy san'at maktabi (KFSTA) hamkorligida tashkil etilgan.
Maktabning ochilishi haqida O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi. KFSTA maktabi ko'p yillardan beri dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarni me'morchilik, naqsh, xattotlik va an'anaviy hunarmandchilik sohalariga o'rgatib kelmoqda.
Endilikda ushbu tajriba O'zbekistonda ham tatbiq etilmoqda. Naqsh maktabi ilk yilida beshta kurs tashkil qiladi.
Birinchi kurs Toshkentda o'tkaziladi, keyingi kurs esa Samarqanddagi Ulug'bek madrasasida bo'lib o'tadi. Samarqandda talabalarga XV asr yodgorliklari misolida islomiy san'at naqshlari o'rgatiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.