
Samarqandda Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi hamda Registon maydonidagi Tillakori madrasasi keng qamrovli ta'mirlash va ekspozitsiyalarni yangilash ishlaridan so‘ng yana ziyoratchilar uchun ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.
Endi bu yerda yuzlab noyob eksponatlarni, jumladan, Mirzo Ulug‘bek qo‘lyozmalari va Amir Temur tarixi bilan bog‘liq arxiv hujjatlarini ko‘rish mumkin. Ko‘rgazmalar zamonaviy multimedia formatida namoyish etilmoqda.
"Ayniqsa, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi mehmonlari yaqin kunlarda qadimiy poytaxtimizning bebaho xazinalarini munosib baholash imkoniyatiga ega bo‘lishlari quvonarli," — deydi Mirziyoyeva. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar