date

Shahzoda Muhammedova: “Ona suti haqidagi mashhur gap — afsona ekan”

Shahzoda Muhammedova: “Ona suti haqidagi mashhur gap — afsona ekan”

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova jurnalist Yulduz Mavliyanova bilan bo‘lgan intervyularidan birida shaxsiy hayotiga oid qiziqarli va bahsli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida unga: “Nima uchun qizingizni qiynab, hatto kechasi ham syomkalarga va ishlarga olib borgansiz?” degan savol berildi.

Shahzoda Muhammedovaning aytishicha, qizining o‘zi ona suti bilan oziqlanishni tanlagan va shu sababli Milanani 3,5 yoshgacha emizgan. Bolaning ovqati doimo o‘zi bilan bo‘lgani uchun uni ishga, syomkalarga ham olib borishga majbur bo‘lgan. U hatto ayrim paytlarda mashina haydab ketayotganida bir qo‘li bilan qizini emizib, ikkinchi qo‘li bilan rulni ushlaganini ham ochiq aytdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu davr unga juda og‘ir kechgan:

“Juda qattiq qiynalganman”, — deydi u.

Shu bilan birga, u farzandlarini parvarishlashdagi tajribasini taqqoslab ham o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li ona sutidan ko‘ra smesni tanlagan. Jamiyatda keng tarqalgan “ona suti bilan oziqlangan bola sog‘lom bo‘ladi, kam kasal bo‘ladi” degan fikrga esa u shaxsiy tajribasi bilan qarshi chiqdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, qizi ona suti bilan oziqlanganiga qaramay, ko‘p kasal bo‘lgan, tez-tez pediatrlarga murojaat qilishga to‘g‘ri kelgan. Aksincha, o‘g‘li smes bilan oziqlangan bo‘lsa-da, sog‘lom, kam kasal bo‘ladi.

“Demak, bu fikr hamisha to‘g‘ri emas ekan”, — deya xulosa qildi Shahzoda Muhammedova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedova: “Ona suti haqidagi mashhur gap — afsona ekan”