
Taniqli vayner va aktyor Bobur Mansurov muxlislarini qiziqtirgan savollardan biriga samimiy javob berdi. U ilk bor rafiqasi bilan qanday tanishganini eslab, o‘sha lahzalarni iliq xotiralar bilan tilga oldi.
Boburning aytishicha, voqea “Xonsaroy music” loyihasi davrida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda u loyiha hakamlaridan biri sifatida tadbirda ishtirok etayotgan bo‘ladi. Bo‘lajak rafiqasi esa dugonasi bilan tomoshabin sifatida kelgan.
— O‘sha payt bir qarashdayoq nimadir boshqacha bo‘lgan. Bilasizmi, ba’zan hech qanday rejasiz, tayyorgarliksiz muhabbat kelib qoladi. Xuddi shunday holat bo‘lgan, — deydi Bobur.
Eng qiziq tomoni shundaki, aktyor birinchi uchrashuvdayoq bu tanishuv oddiy emasligini his qilgan.
— Birinchi uchrashuvimizdayoq ichimda bir ishonch paydo bo‘lgan. “Bu inson kelajakda hayotimning yarmiga aylanadi”, deb o‘ylaganman. Va vaqt hammasini o‘z isbotini berdi, — deya qo‘shimcha qiladi u.
Bugun Bobur Mansurov oilali, baxtli va ijodda ham, hayotda ham o‘z yo‘lini topgan inson sifatida ko‘plarga ilhom bo‘lib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.