date

Luiza Rasulova: “Kinoda qaysi aktyor bilan rol ijro etgan bo‘lardingiz?”

Luiza Rasulova: “Kinoda qaysi aktyor bilan rol ijro etgan bo‘lardingiz?”

Aktrisa Luiza Rasulovadan jurnalistlar tomonidan: “Kinoda qaysi aktyor bilan birga rol ijro etishni xohlagan bo‘lardingiz?” degan savol berildi. Savolga hazil aralash javob bergan aktrisa: “Men sekingina Gollivudga ketib qolgan bo‘lardim,” deya kulib javob qaytardi.

Shundan so‘ng Luiza Rasulova fikrini jiddiy davom ettirib, mahalliy kino olamida ham iste’dodli aktyorlar talaygina ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Adiz Rajabov va Ulug‘bek Qodirov bilan allaqachon birga ishlash nasib qilgan va bu ijodiy hamkorlik yaxshi xotiralar bilan yodida qolgan.

Aktrisaning e’tirof etishicha, agar imkon bo‘lganida, u san’atni tark etgan iste’dodli aktyor Farrux Soipov bilan partnyor sifatida bir filmda rol ijro etishni istagan bo‘lardi.

“Afsuski, hozir buning imkoni yo‘q. Savol shunaqa bo‘lgani uchun javobim ham shunaqa bo‘ldi,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Luiza Rasulova, shuningdek, boshqa ko‘plab iqtidorli aktyorlar borligini ham ta’kidladi. Uning fikricha, yosh jihatdan mos partnyor sifatida aynan Farrux Soipov to‘g‘ri kelardi. Ota va qiz obrazlari haqida so‘z borganda esa, mamlakatimizda bu rollarni munosib ijro eta oladigan aktyorlar yetarlicha ekanini alohida qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Luiza Rasulova: “Kinoda qaysi aktyor bilan rol ijro etgan bo‘lardingiz?”