
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Qit'alararo kubok finalidagi g‘alabadan so‘ng jamoada darvozabonlar ierarxiyasi bo‘yicha rejalarini ochiqlamadi. Hal qiluvchi uchrashuvda parijliklar Braziliyaning "Flamengo" klubini mag‘lub etdi.
O‘yindan keyin mutaxassisdan Matvey Safonovning ishonchli harakati asosiy tarkib uchun raqobatni kuchaytirayotgani va birinchi raqamli darvozabon o‘zgarishi mumkinligi so‘raldi. Ispaniyalik murabbiy bevosita javob berishdan tiyilib, finaldan darhol keyin bunday mavzuni muhokama qilishni o‘rinli deb bilmasligini ta'kidladi.
"Siz rostdan ham hozir bu mavzuni ko‘tarish o‘rinli, deb o‘ylaysizmi? Hozir yutgan sovrinni nishonlash vaqti.
Biz tarixga yana nomimizni yozishni xohlaymiz, ammo ayni damda bu lahzadan shunchaki zavqlanishimiz kerak", — dedi Enrike o‘yindan keyin. Qayd etish joiz, Safonov PSJ safida ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu o‘yinlarda u jami uchta gol o‘tkazib yubordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.