“Shrek” 25 yoshda: bolalik qahramoni yana e’tiborda

Ko‘pchilikning sevimli multfilmlari qatoridan joy olgan “Shrek” bu yil 25 yoshni qarshi oldi. 2001 yilda ekranlarga chiqqan animatsion filmga shu nomdagi bolalar kitobi asos bo‘lgan.
Multfilmning muvaffaqiyatidan so‘ng uning 2004, 2007 va 2010 yillarda 2-, 3- va 4-qismlari ham tomoshabinlarga taqdim etildi hamda katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda esa muxlislar “Shrek 5” premyerasini kutmoqda – film 2027 yil yozida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.
“Shrek” nafaqat qahramonlar va kulgili hazillari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan, balki muhim hayotiy saboqlari bilan ham ajralib turadi. Multfilm orqali tashqi ko‘rinish insonni to‘liq ifodalamasligi, haqiqiy baxt pul va hokimiyatda emasligi, hech kim birovning standartlariga to‘g‘ri kelishga majburmasligi hamda chin do‘stlar har qanday vaziyatda yoningizda bo‘lishi haqidagi g‘oyalar ilgari suriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!