date

Sahnada dahshatli lahza: olov Tan Tashchini yutay dedi

Sahnada dahshatli lahza: olov Tan Tashchini yutay dedi

Turkiyalik taniqli xonanda Tan Tashchi Izmir shahridagi Gʻoztepe Gursel Aksel stadionida bo‘lib o‘tgan ulkan konsert davomida kutilmagan va xavfli holatga duch keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor muxlislariga yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida sahna chetiga yaqinlashgan. Aynan shu paytda sahna effektlari uchun o‘rnatilgan olov tizimi to‘satdan ishga tushgan. Kuchli shamol ta’sirida olov yo‘nalishi o‘zgarib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonandaning yuziga qarab otilgan.

Ushbu xavfli lahzalar tomoshabinlar va tashkilotchilarni jiddiy sarosimaga solgan. Voqea joyida qisqa muddatli vahima yuzaga kelgan bo‘lsa-da, vaziyat tezda nazoratga olingan.

Eng muhimi, baxtli tasodif tufayli Tan Tashchi hech qanday jiddiy jarohat olmadi va katta xavfdan omon qoldi. Shunga qaramay, ushbu hodisa sahna texnikasi va xavfsizlik choralariga yanada jiddiy yondashish zarurligini yana bir bor eslatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sahnada dahshatli lahza: olov Tan Tashchini yutay dedi