date

Zumrad Eshonqulova “El-yurt faxri” nishoni bilan taqdirlandi (foto)

Zumrad Eshonqulova “El-yurt faxri” nishoni bilan taqdirlandi (foto)

Aktrisa Zumrad Eshonqulova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli xabarni bo‘lishdi. U ham “El-yurt faxri” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan san’atkorlar qatoridan joy oldi.

San’atkor ushbu yutuq munosabati bilan samimiy fikrlarini bildirib, bu mukofotni hayotidagi muhim voqealardan biri sifatida e’tirof etdi. “Avvalo Allohning marhamati, ota-onamning duosi va oilam, turmush o‘rtog‘imning qo‘llab-quvvatlashi sabab bugun shu e’tirofga erishdim”, — deya yozdi u.

Aktrisaning ta’kidlashicha, mazkur mukofot nafaqat sharaf, balki katta mas’uliyat hamdir. U bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdor ekanini bildirib, bundan buyon ham xalq va Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishini aytdi.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab muxlislar aktrisani chin dildan tabriklab, unga yanada katta yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilab qolishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zumrad Eshonqulova “El-yurt faxri” nishoni bilan taqdirlandi (foto)