Qulupnaylar dramasi Jony'ning "Kamin" qo‘shig‘ini rekordga olib chiqdi!

Jony’ning 2020 yilda chiqqan “Kamin” qo‘shig‘i kutilmaganda yana mashhurlikka erishdi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan g‘alati neyro-videolar va “qulupnaylar oilasi dramasi” deb atalgan trend sabab bo‘ldi.
Xonanda YouTube’da Buster Rofls bilan suhbat davomida ushbu hikoyani jonli tarzda namoyish etdi. Jony hazilomuz uslubda “xiyonatkor mevalar” bilan bog‘liq sahnani ko‘rsatib, tomoshabinlar e’tiborini tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Kamin” qo‘shig‘i bir oy ichida YouTube Music platformasida 879 million marta tinglangan. Bu natija Jony’ni Taylor Swift, Justin Bieber va Drake kabi jahon yulduzlaridan ham yuqoriga olib chiqqani aytilmoqda.
TikTok foydalanuvchilari hisob-kitobiga ko‘ra, xonanda ushbu tinglovlardan taxminan 3 million dollar daromad qilgan bo‘lishi mumkin. Trend esa hali ham ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!