Abbos Fayzullayevning fotiha to‘yi muxlislarni quvontirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Abbos Fayzullayevning hayotida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Mashhur futbolchining fotiha marosimi bo‘lib o‘tgani haqidagi xabar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda marosim samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tganini ko‘rish mumkin. Yaqinlari va do‘stlari ishtirok etgan tadbirda milliy an’analarga xos muhit hukm surgan.
Muxlislar esa Abbos Fayzullayevni ushbu quvonchli kun bilan tabriklab, unga baxt va omad tilamoqda. Ayniqsa, futbolchining shaxsiy hayotidagi bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing