date

Toshkentda noqonuniy tamaki savdosi fosh etildi

Toshkentda noqonuniy tamaki savdosi fosh etildi

Toshkent shahrida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.S. xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasisiz tamaki mahsulotlarini fuqaro Z.X.ga sotayotgan vaqtida ushlangan. Aniqlanishicha, savdo jarayoni noqonuniy tarzda amalga oshirilgan.

Tekshiruv davomida undan umumiy qiymati 53,7 million so‘mlik bo‘lgan 52 turdagi jami 1 192 dona tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

Shuningdek, yana bir holatda Departamentning Mirobod tumani bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.D. 23 turdagi 601 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro S.D.ga 42,3 million so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda noqonuniy tamaki savdosi fosh etildi