7 357
“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va yana uchta xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi
Bugun, 31 may kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan 4 nafari kelmagani sababli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Ne’matov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning litsenziyalari 2018 yil 31 maydan bekor qilindi. Bu haqdagi qarorni muassasa direktori Odil Abduqahhorov o‘qib eshittirdi va ushbu xonandalar muassasa tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, litsensiya bitimidagi talab shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda oltita masala ko‘rib chiqildi. Ularning ichida xonandalarning odobi, xorijda konsert berish, to‘y-hashamlar, atrof-muhit bilan muomala qilish, kitobxonlik, ya’ni savodxonlik, qo‘shiqlar va videokliplardagi mujmal so‘zlar va shu kabi muammolar muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)