Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Botir Qodirov va Zohirshoh Jo‘rayev o‘rtasidagi sud jarayonlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi.
— Nima bo‘lganda ham uchta tirrancha bir buyuk ijodkorni muhokamaga qo‘yib, tirigida ham, o‘limidan keyin ham bunday qilishga haqqi yo‘q edi. Uchta tirrancha o‘z nafsi, maqsadi yo‘lida buyuk xilqatga nisbatan bunday qilishlari noto‘g‘ri. Bu masalada meni uchalasiga nisbatan e’tirozim bor. Sherali Jo‘rayev ustoz san’atkor sifatida bunday muhokamalarga loyiq emasdi. Bular ehtiyot bo‘lishi kerak, birgina qilgan ishi yoki aytadigan gapi otasiga “minus” bo‘lmasligi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Hammasiga aytyapman: “Hali obro‘ topib, bir narsani qoyillatgan joylaring yo‘q. Bugun kim seni hurmat qilsa, otang uchun qilyapti”. Shundan foydalanib, u insonning loyga chaplanishiga sabab bo‘lish yaxshi emas. Bu muhokamalarning kelib chiqishida uchta yigitning ham aybi bor. Men bunga qarshiman, chunki ustoz san’atkor bunday muhokamalarga qolmasligi kerak. U insonning ruhining “loy”lanib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak, — deydi Ozodbek Nazarbekov.
Madaniyat vaziri jurnalistning “Botir Qodirovning otasi kim?” degan savoliga quyidagicha javob berdi:
— Men bilmayman, bunga hech qiziqmaganman. Umumiy hamma biladigan gaplarni eshitganman xolos. Lekin biror marta “Bu yoqqa kel-chi, aslida nima bo‘lgan”, deb gaplashmaganman. Bu borada gaplashish niyatim ham yo‘q. Chunki bu men aralashadigan ish ham emas, — deydi madaniyat vaziri.
Jurnalistning keyingi paytlarda Botir Qodirov ijodida Sherali Jo‘rayevga nisbatan tanqid sezilayotgani haqidagi savoliga Ozodbek Nazarbekov quyidagicha javob berdi:
— Ijodkor avvalo o‘zini topishga intilishi kerak. To‘g‘ri, har qanday san’atkor ijodni taqliddan boshlaydi. Bu tabiiy. Lekin kezi kelganida o‘zini izlab topishi kerak. Sherali Jo‘rayevning soyasida yurish bir umr shunday qolishga sabab bo‘ladi, — deydi Ozodbek Nazarbekov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi